Jahon | 15:13 / 21.04.2016
1668
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yana 600 million yevro berishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 600 million yevro miqdorida ikkinchi yordam transhini taqdim etishga tayyor. Bu haqda Yevropa qo‘shnichilik siyosatini kengaytirish masalalari bo‘yicha yevrokomissari Yoxannes Xanga tayanib RIA “Novosti” xabar berdi.

Shu o‘rinda u Xalqaro valyuta jamg‘armasining islohotlar bo‘yicha shartlari bajarilgan taqdirdagina Ukrainaga yordam taqdim etilishiga urg‘u berdi.

Bundan tashqari, Xan Yevrokomissiya Ukrainada yangi hukumat shakllanishiga xayrixoh ekanini ham ma'lum qildi.