Sport | 22:22 / 21.04.2016
1171
1 daqiqa o‘qiladi

Funes Mori o‘z qo‘polligi uchun Oriji va jamoadoshlaridan uzr so‘radi

«Everton» jamoasi himoyachisi Ramiro Funes Mori «Liverpul»ga qarshi o‘yindan keyingi kunda o‘zi tomonidan amalga oshirilgan qo‘pollik tufayli jarohat olgan raqib futbolchisi Divok Orijidan uzr so‘radi.

«Men kecha yuz bergan voqea uchun qattiq afsusdaman. Men unga qasddan jarohat yetkazishni istmagandim. Men o‘z jamoadoshlarimni og‘ir ahvolda qoldirib ketmoqchi emasdim.

Umid qilamanki, Orijining jarohati jiddiy emas. Men bu voqea uchun yana bir bor undan uzr so‘rayman», – deb yozgan argentinali futbolchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish