20:58 / 21.04.2016
1863

Google Chrome mobil versiyasi foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Google ma'lumotlariga ko‘ra, Chrome brauzeri mobil versiyasi foydalanuvchilari soni bir oyda 1 milliarddan oshib ketdi. Bu haqda VentureBeat xabar berdi.

Chrome mobil versiyasi oylik auditoriyasini so‘nggi besh oyda 200 million kishiga ko‘paytirdi. Kompaniya milliard foydalanuvchilardan qanchasi Android va qanchasi iOS tizimiga tegishli ekanini ma'lum qilmadi.

Google hisobi bo‘yicha, har oyda mobil Chrome orqali 771 milliard sahifa yuklanadi. Ulardan 3,6 milliardi boshqa tillarga avtomatik tarjima qilinadi. Trafikni ixchamlashtira olish texnologiyasi evaziga 2000 terabayt tejab qolish imkonini beradi. Izlash so‘rovlariga avtomatik qo‘shimcha natijalar taqdim etish esa foydalanuvchilarni ortiqcha harf terish daxmazasidan ozod qiladi.

Top