Jahon | 17:36 / 21.04.2016
1783
1 daqiqa o‘qiladi

Hujjatlarni soxtalashtirgani tufayli Mitsubishi aksiyalarining narxi keskin tushib ketdi

Mitsubishi Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisining bozordagi narxlari uchdan bir qismga arzonlab ketdi. Bunga kompaniya aloqador bo‘lgan avtomobil yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq ma'lumotlarni soxtalashtirish nizolari sabab bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

20 aprel kuni konsern aksiyalari 15 foizga, 21 aprel kuni esa yana 20 foizga arzonlashgan.

Mitsubishi qimmatbaho qog‘ozlari savdosi aksiyalar soni 583 iyen (5,34 dollar)ga arzonlagach to‘xtatib qo‘yildi. Biroz oldinroq esa narx 864 iyendan 733 iyenga tushib qoldi.

20 aprel kuni Mitsubishi Motors rahbariyati Yaponiya transport vazirligiga avtokonsern ixcham avtomobillar sinovida olingan ma'lumotlarni soxtalashtirganligini tan olib murojaat qildi. Avto ishlab chiqaruvchining tahlili bo‘yicha 625 avtomobil sinovida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan.