Jamiyat | 16:14 / 21.04.2016
1943
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko ishga velosipedda ketish chog‘ida yiqilib tushdi

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko ishga borish vaqtida velosipedi bilan ag‘anab tushgan. Bu haqda Ukrainadagi "Vesti" nashri xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Klichko velosipedda yo‘l chetidagi to‘siqdan sakrab o‘tmoqchi bo‘lganida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Lekin unga yordam berishga hojat bo‘lmagan, u tezda o‘rnidan turib, harakatlanishda davom etgan.

Avvalroq, Klichko bundan buyon ishga 4 ming dollarlik velosipedida qatnashi haqida xabar berilgandi.