Sport | 09:32 / 21.04.2016
1611
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike: «Bugun biz o‘tgan turda «Valensiya»ga qarshi qanday o‘ynagan bo‘lsak, shunday o‘ynadik»

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike «Deportivo»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (8:0) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun xuddi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdagiday o‘ynadik, ammo bu safar vaziyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi.

Bugun ham «Valensiya»ga qarshi uchrashuvdagi vaziyatlar sonichalik vaziyat yaratdik. Bu ajoyib natija.

Bizga yaxshi natija kerak edi, nima qilib bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz zarur edi. Primerada g‘olib chiqish uchun barcha 38 turda eng yaxshi bo‘lish kerak, faqat 34, 10 yoki 37da emas. Titulga ega chiqish juda qiyin, bu aniq.

Bugun yaxshi muvozanatlashgan o‘yin namoyish etdik, «Deportivo» o‘tgan uchrashuvimizdagi raqibimiz bilan solishtiradigan bo‘lsak ancha kuchsizroq edi», - deydi Enrike.