Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Suares Ispaniya chempionatidagi 66 yillik rekordni takrorladi
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Deportivo»ga qarshi uchrashuvda (8:0) «gol+pas» tizimida 7 ochko ishladi.
28 yoshli futbolchi to‘rtta gol kiritishdan tashqari Lionel Messi, Ivan Rakitich va Neymarga golli uzatmalarni amalga oshirdi. Futbol tarixida hali birorta «Barselona» futbolchisi bu natijani takrorlay olmagandi.
Statistik ma'lumotlar bilan shug‘ullanuvchi MisterChip tvitter akkaunti bergan ma'lumotga ko‘ra, Suaresgacha mazkur natijani 66 yildan buyon hech kim bajara olmay kelayotgandi.
1950 yilda «Atletiko» hujumchisi Xose Xunkos «Rasing»ga qarshi uchrashuvda (9:1) 4ta gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan. Mazkur natijaga guvoh sifatida MisterChip akkaunti o‘yin qaydnomasining fotosini joylashtirgan.
7 - Luis Suárez is the first player to have a hand in 7 goals in a La Liga game on 21st Century (4 goals, 3 assists). Predatory.
— OptaJose (@OptaJose) 20 aprelya 2016 g.