07:06 / 21.04.2016
1906

Microsoft kompaniyasi Xbox 360 pristavkalarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi

Microsoft kompaniyasi Xbox 360 o‘yin pristavkalarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi, deb aytilmoqda kompaniyaning yangiliklar portalida.  

Ta'kidlanishicha, kompaniya ishlab chiqarilgan pristavkalarni sotishni to‘xtatmoqchi emas va uning egalariga turli kontentni olish, tarmoq xizmati orqali o‘yinlarni yuklash kabi barcha xizmatlarni taqdim qilishni davom ettirmoqchi.

Pristavkalar ishlab chiqarilishi to‘xtatilishining aniq sanasi hozircha ma'lum emas.

Top