Sport | 10:43 / 21.04.2016
1268
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Ispaniya chempionatida qatorasiga 7 mavsumda 100tadan ortiq gol urmoqda

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 34-turida «Vilyarreal»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda madridliklarning 99, 100 va 101-gollari qayd etildi.

Shu tariqa, «Real» jamoasi 2008-09 yillar mavsumidan buyon, ya'ni Krishtianu Ronaldu jamoaga kelib qo‘shilgach, qatorasiga 7 mavsumda 100tadan ortiq gol urdi.

Ronalduning transferigacha jamoa faqat bir marta, 1989/90 yilgi mavsumda 100tadan ko‘p gol urishni uddalagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish