Jahon | 21:49 / 21.04.2016
2616
3 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda ibn Salmon: "20 yildan keyin biz asosan neftga bog‘liq bo‘lmagan davlat bo‘lamiz"

25 aprelda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon al-Saud o‘rinbosari mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyasi – iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning katta rejasini taqdim qilmoqchi, deb xabar bermoqda Bloomberg Businessweek nashri. Nashrning 31 yoshida o‘z qo‘llarida hukumatning barcha tayanchlarini mujassamlashtirgan insonga bag‘ishlangan sonidagi materialda valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon iqtisodni isloh qilayotgani, uning neftdan bog‘liqligini kamaytirayotgani aytilgan. Material shahzoda bergan ikkita intervyu natijalari asosida tayyorlangan.

Aprel boshida Bloomberg shahzoda Salmonning neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha fikrini keltirib o‘tgandi. U neft hajmini muzlatish bo‘yicha majburiyatlarni barcha davlatlar, jumladan Eron ham bajarishi kerakligi haqida qat'iy pozitsiyani egallagan. Shunga qaramay neft bozori ishtirokchilari narxning oshishiga o‘ynab, kelishuvga erishilishiga ishonishgan. Financial Times’ning yozishicha, o‘tgan yakshanba kuni Dohada o‘tgan muzokaralarni aynan shahzoda Salmon barbod qildi. Vaholanki, qirollik oilasining hukmron a'zolari neft vazirligi faoliyatiga aralashmaydilar. Bu vazirlikni vazir Ali al-Naimiy boshqaradi. Shahzoda Dohaga vazirga telefon qilib, Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga orqaga qaytishni buyurgan. Saudiya Arabistonining neft siyosati batamom shahzoda Salmonning qo‘liga o‘tdi, degan xulosaga kelgan FT.

2015 yilda Saudiya Arabistoni taxtiga yangi qirol – Salmon ibn Abdulaziz al-Saud o‘tirgandan keyin, uning o‘g‘li Muhammad ibn Salmon birdaniga bir nechta lavozim oldi. Hozirda shahzoda Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi, milliy investitsion fond ishini nazorat qiladi, mudofaa vazirligini boshqaradi, iqtisodiy siyosatning o‘tkazilishiga javob beradi. G‘arbiy diplomatlar shahzodani "Janob Bari" deb atashadi.

Shahzoda taqdim qilmoqchi bo‘lgan reja dunyodagi eng yirik suveren investitsion fondni yaratish va Saudi Aramco’ning "5 foizdan kamroq aksiyasini" birjaga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Jamg‘arma mamlakatning neftga bog‘liqligini kamaytirish uchun neft bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarga investitsiya kiritadi. "O‘zgarishlar oqibatida neft emas, balki texnik investitsiyalar Saudiya Arabistoni hukumatining daromadlari manbai bo‘ladi. 20 yildan keyin biz asosan neftdan bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyot va davlat bo‘lamiz", deb aytgan shahzoda.

Neft savdosidan olinadigan daromad qirollik byudjyetining 90 foizini tashkil qiladi, neft savdosi davlat eksportining deyarli yagona bandi hisoblanadi. Neft hisobiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.