09:53 / 21.04.2016
1731

Texas shtatiga yopirilgan bo‘ron 1,36 mlrd dollarlik ziyon keltirdi

O‘tgan haftada AQShning Texas shtatiga yopirilgan bo‘ron 1,36 mlrd dollarlik ziyon keltirdi. Bu shtat tarixida rekord darajadagi ziyon bo‘ldi, deb xabar bermoqda Texas sug‘urta kengashi.

Tabiiy ofat shtatda 12 aprelda yuz bergan. Kuchli shamol va do‘l 110 mingdan ortiq avtomobillar va minglab uylarga zarar yetkazgan. Bu toifalar bo‘yicha ziyon mos ravishda 560 mln va 800 mln dollarga baholanmoqda.

"Bo‘ron Beksar okrugining shimoli-g‘arbiy qismiga va San-Antonio shahri shimolidagi hududlarga asosiy zarba bergan. Bo‘ron yog‘ingarchilik bilan borgan, do‘llar esa tosh siniqlari shaklida bo‘lgan", deyilmoqda bayonotda.

Ko‘rilgan ziyon shtat uchun rekord darajadagi bo‘lib, 1995 yil 5 mayda Fort-Uortga yopirilgan bo‘ron oqibatlaridan o‘tib ketdi. O‘shanda ko‘rilgan ziyon 1,1 mlrd dollarga baholangandi.

Top