17:51 / 21.04.2016
2368

Toshkent shahrida Chevrolet Captiva avtomobili yoqib yuborildi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida yoqib yuborilgan qora rangli Chevrolet Captiva haqida xabar berib o‘tilgan. Joylashtirilgan suratlarning izohiga e'tibor beriladigan bo‘lsa, voqea Toshkentning Qoratosh dahasida yoki Beshyog‘och mavzesida sodir bo‘lgan. Ammo har ikki ma'lumot aniq tasdiqlanmagan.

Guruh foydalanuvchilarining ma'lumotlarini ko‘zdan kechirganda, avtomobil 20 aprelda, tonggi to‘rtlar atrofida yonishni boshlagan. Bu hodisani videotasvirga olganlar ham topilgan.

Top