Volkswagen "dizel mojarosi" sababli AQShdagi shikoyatlar bo‘yicha to‘lovlarga 10 mlrd dollar zaxiralab qo‘yadi
Germaniyaning Volkswagen avtokonserni "dizel mojarosi" sababli AQSh hukumati va avtomobil egalari tomonidan berilgan da'vo arizalari bo‘yicha to‘lovlarga 10 mlrd dollardan kam bo‘lmagan mablag‘ni zaxiralab qo‘yadi, deb vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Manbaning aytishicha, Volkswagen AQShning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi regulyatori bilan dizel avtomobillardagi zararli chiqindilar haqidagi ma'lumotlar bilan firibgarlik qilgani sababli kelib chiqqan ziyonni bartaraf etish bo‘yicha maqbul qarorni muhokama qildi. Natijada tomonlar kelishuvga keldilar.
Kontsern tomonidan zararni bartaraf etishning rejasini topshirish muddati 21 aprelda tugaydi.
Agentlikning ta'kidlashicha, hozircha konsernga ko‘rsatilgan qiymatdagi mablag‘ AQShda topshirilgan barcha da'vo arizalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetish-yetmasligi noma'lum.
Avvalroq Volkswagen amerikaliklardan noto‘g‘ri dasturiy ta'minotga ega avtomobillarning bir qismini sotib olishi ma'lum qilingandi.