Fan-texnika | 23:20 / 21.04.2016
2152
1 daqiqa o‘qiladi
Volkswagen yangilangan Amarok dizaynini namoyish qildi
Volkswagen kompaniyasi restayling qilingan Amarok modelining birinchi xomaki suratlarini chop etdi. Kompaniya bu yangilangan modelni "premial pikap" deb atadi. Yangi mashina tashqi va ichki tomondan bir qator o‘zgarishlar oladi.
Suratlarga ko‘ra, "Amarok" modernizatsiyalangan oldi va orqa bamperlar, ko‘rinishi biroz o‘zgartirilgan radiator panjarasi, bosh yorug‘lik farasi va orqa chiroqlar bilan jihozlanadi.
Mashina salonida o‘zgacha asboblar paneli va multimedia majmuasining sensor displeyi paydo bo‘ladi.
Yangilangan Volkswagen Amarok savdolari 2016 yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi.