Jamiyat | 19:22 / 21.04.2016
2536
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi tizimida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Milliy matbuot markazida xalq ta'limi tizimida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar qatnshdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Mamlakatimizdagi 8 ming 543 umumta'lim maktabida ingliz tili fani o‘qitiladi. 2015-2016 o‘quv yili uchun 1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 641 ming nusxa ingliz tili, 26 mingdan ziyod nemis tili, 20 ming nusxa fransuz tili darsligi, mashq daftarlari chop etildi. 42 nafar eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida malaka oshirdi.

2016-2017 o‘quv yili uchun tayyorlangan “Kids’ English 4”, “Deutsch mit Spaβ 4”, “Hirondelle 4” darsliklari tajriba-tadqiqot maktablarida sinovdan o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida 4-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan “Kids’ English 4” o‘quv darsligining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 90-umumta'lim maktabida bo‘lib, u yerda chet tili fanlarining o‘qitilishi, eng so‘nggi pedagogik texnologiyalar bilan tanishdi. “Kids’ English 4” kitobi asosida o‘tilayotgan darslarni kuzatishdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.