Jahon | 10:15 / 22.04.2016
1870
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik generallar Rossiyaga «AQSh uchun asosiy xavf» deya ta'rif berishdi

AQSh senatidagi generallar Lori Robinson va Kertis Skaparottining qayd etishicha, Rossiya AQSh uchun «eng katta xavf tug‘diradigan» mamlakat sifatida qolmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» nashri xabar tarqatdi.

Mazkur mavzu qurolli kuchlar masalalari qo‘mitasining Lori Robinson va Kertisa Skaparotti nomzodlarini Shimoliy va Yevropa bo‘yicha AQSh harbiy xizmatchilariga rahbar etib tayinlashga bag‘ishlangan yig‘ilishida ko‘tarilgan.

«Rossiya o‘zini AQSh uchun eng katta xavf soladigan kuch sifatida ko‘rsatishda davom etmoqda», — deya ta'kidlagan Robinson. O‘z navbatida, Skaparotti uning mazkur fikrini qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, general Kertis Skaparottining qo‘shimcha qilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy Moskvani agar Rossiya qurolli kuchlari AQSh harbiylariga xavf tug‘diradigan harakatlarni amalga oshirsa, AQSh ham bunga javoban choralar ko‘rishi bilan ogohlantirish kerak.