"Antonov" yangi dvigatel o‘rnatilgan An-178 samolyoti sinovini namoyish etdi
Ukrainada ikkita yangi rusumdagi D-436-148FM dvigateli o‘rnatilgan "Antonov" An-178 yuk transport samolyoti navbatdagi sinov parvozini amalga oshirdi. Ushbu voqea tasvirlangan videolavhalar korxonaning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan, deb xabar qilmoqda "5 kanal" telekanali.
Ochiq manbalarga ko‘ra, D-436-148FM dvigatelini, "Motor Sich" OAJ "Ivchenko-Progress" davlat korxonasi bilan hamkorlikda An-178 yuk samolyoti uchun maxsus ishlab chiqargan. Uning tortish kuchi dvigatelning barcha, ayniqsa, parvoz tartibida kuchaytirilgan, gaz emissiyasi ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Motor shovqinini kamaytirish maqsadida, samarali tovush yutuvchi konstruksiyalar qo‘llanilgan.
2015 yil 9 dekabrida "Progress" konstruktorlik byurosi bosh konstruktori Fedor Muravchenko sharafiga nomlangan D-436-148FM dvigatelining birinchi sertifikatlangan sinovi amalga oshirilgan edi. 2016 yil 5 fevralida An-178 yuk samolyotining birinchi prototipi sinov parvoziga ko‘tarilgan, 27 daqiqali muvaffaqiyatli uchishdan so‘ng yerga qo‘ngan edi.