Fan-texnika | 20:09 / 22.04.2016
1960
1 daqiqa o‘qiladi

Apple Xitoyda hukumat talabi bilan kinoservis va kitob do‘konini yopdi

Xitoyda Apple'ning iBooks Store va iTunes Movies servislariga kirish taqiqlandi. Bunday qaror 2016 yilda kuchga kirgan internetda kontent joylashtirishga doir yangi qoidalar bilan bog‘liq. Bu haqda Meduza nashri xabar bergan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, servisni matbuot, kitob nashri, radio, kino va televideniye bo‘yicha Xitoy Davlat ma'muriyatining murojaatidan so‘ng Apple kompaniyasining o‘zi bloklagan.

Xitoy Tayvan va Hongkong mamalakatlari bilan birga - Apple kompaniyasi uchun daromad hajmiga ko‘ra ikkinchi yirik bozor.

Hozirgi vaqtda Xitoyda Apple servislariga kirib bo‘lmaydi.

Apple kompaniyasining rasmiy vakili kino va kitoblar servislari yaqin kunlarda Xitoydagi mijozlar uchun mumkin bo‘lishiga umid qilishini bildirdi.