Jahon | 18:29 / 22.04.2016
1551
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning NATOdagi vakili tashkilot yaqin yillarda o‘z tarkibini kengaytirmasligini ma'lum qildi

AQShning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyutning ma'lum qilishicha, alyans yaqin yillar ichida Rossiyaning beqarorligi tufayli o‘z faoliyatini kengaytirmoqchi emas.

"Amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, men NATOning yaqin orada, yaqin bir necha yillarda, balki yaqin o‘n yilda o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun ko‘p sabab ko‘rmayapman", degan u.

Uning qayd etishicha, Rossiya strategik jihatdan muhim o‘ringa ega. U Ukraina yoki Gruziyaning alyans tarkibiga qabul qilinishi imkoniyatlari bo‘yicha yutuqlarga erishish ehtimoli deyarli yo‘qligini ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq, AQSh prezidenti Barak Obama AQSh va Buyuk Britaniya NATOni moliyalashtirishda davom etishi haqida aytgandi.