22:35 / 22.04.2016
1531

«Borussiya» muxlislari: «Mats Hummels, sen faqat bizning klubda qolib afsonaga aylanishing mumkin»

Dortmundning «Borussiya» jamoasi muxlislari ashaddiy raqib «Bavariya» safiga o‘tib ketishi haqida xabarlar tarqalgan Mats Hummelsni jamoada olib qolishni istashmoqda.

Jamoaning Black Forest 09 nomli fan klubi futbolchini jamoa o‘zgartirmaslikka chaqirib, o‘ziga xos kampaniya o‘tkazdi.

«Biz barchamiz shuni istaymizki bizning Mats «Borussiya» bilan shartnomani uzaytirsin. Qadrli Mats, bizda qol, sendan shuni so‘raymiz.

«Borussiya»da qol, sen shu yerda jamoa afsonasiga aylanishing mumkin. Klub, muxlislar, stadion, barcha seni ardoqlaydi», – deyiladi muxlislarning futbolchiga murojaatida.

Bundan oldinroq, futbolchining uning sobiq jamoasi «Bavariya» qaytarib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasi 2016 yilning oxiriga qadar tuzilgan.

Top