Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daily Mail: Riyoz Mahrez APLning 2015/2016 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘ladi
Angliyaning «Lester» klubi yarimhimoyachisi Riyoz Mahrez APLning 2015/2016 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Uning raqobatchilari Harri Keyn, Mesut O‘zil, Dimitri Payye, Jyeymi Vardi va Ngolo Kante hisoblanadi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Lester»da bu mukofotni aynan jazoirlik futbolchi qo‘lga kiritishiga yuz foiz ishonishmoqda va ular professional futbolchilar Assotsiatsiyasi sovrinini topshirish marosimi uchun maxsus tadbirga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Taqdirlash marosimi yakshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadi, «Lester» va «Suonsi» jamoalari uchrashuvi esa kechki payt soat 6:00da yakuniga yetadi.
Mahrez bilan birgalikda ramziy terma jamoa tarkibiga kiritilgan futbolchilar uchun klub xo‘jayini Vichay Shrivaddanaprabxi shaxsiy vertolyotini ajratishi kutilmoqda.
APLda yil futbolchisi bo‘lish da'vogarlarning yarmini «Lester» vakillari tashkil etdi
«Lester»ning 4 futbolchisi APLning joriy mavsumi ramziy terma jamoasiga kirdi