Hillari Klinton tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlardagi noma'lum kimsalarga qarshi 1 million dollar sarflashdi
AQSh prezidentligi uchun demokratlar partiyadan nomzod Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy birlashma Twitter, Facebook, Reddit va Instagram’dagi noma'lum kimsalarning tanqidiy chiqishlariga qarshi 1 million dollarga yaqin mablag‘ sarfladi, deb xabar qilmoqda The Daily Beast.
Birlashma taqdim etgan hisobotga ko‘ra, Twitter tarmog‘i orqali Hillari Klintonga shaxsan hujum qilgan 5 ming foydalanuvchi tushuntirish maktublarini olishgan.
Nashr shuningdek, Reddit foydalanuvchisining arzini ham e'lon qilgan. Uning aytishicha, Klinton haqida bildirgan fikridan so‘ng olgan elektron maktublari soni 4 yil davomida olgan xatlari sonidan ko‘pdir.
Hillari tarafdorlarining izoh berishlaricha, hozircha «Hillari Amerikani birlashtirar» ekan, ular «ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy muhitni shakllantirish niyatida».
Bundan avval, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj, Google kompaniyasi maxfiy ravishda Klinton xonimga yordam berayotganini ta'kidlagan edi.