Sport | 20:06 / 22.04.2016
1708
3 daqiqa o‘qiladi

ITF: 2016 yil boshida 48ta shubhali tennis matchlari o‘tkazilgan

2016 yilning 1-choragida Tennis Integrity Unit tomonidan 48ta tennis matchi oldindan kelishib olingan degan shubha uyg‘otdi. Bu haqida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) prezidenti Devid Heggeri Insidethegames nashriga ma'lum qilgan.

2016 yilning yanvar oyidan to mart oyining oxirigacha bo‘lgan muddatda butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan 25 ming match ko‘rib chiqildi. Heggeri bunday ko‘rsatkich inqiroziy emasligini ta'kidladi.

"Sportning barcha turlari korrupsiya tahdidi ostidadir, - dedi ITF rahbari. - Bu 48ta shubhali match degani".

Yanvar oyida Britaniyaning "Bi-bi-si" radioeshittirish korporatsiyasi jahon tennis elitasi o‘yinchilari oxirgi o‘n yil davomida kelishilgan o‘yinlarga aloqadorlikda gumon qilinayotganini xabar qilgandi.

Hujjatlar Rossiya, Italiya shimoli va Sitsiliyada kelishilgan matchlar o‘tkazilgani natijasida bir necha yuz ming funt sterling ishlab olinganligidan dalolat bermoqda. Ulardan uchtasi Uimbldon turnirida bo‘lib o‘tgan. Kuzatuv 2007 yil noyabridagi rossiyalik Nikolay Davidenko va argentinalik Martin Vassalo Arguelo o‘rtasidagi matchda stavkalarning shubhali tikilganligini o‘rganib chiqdi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra ikki sportchi ham hech qanday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan, yuqori toifali tennischilar va azart o‘yinchilar orasidagi tafovut kengaytirilgan holatda o‘rganib chiqilgan.

Bu yilgi Avstraliya ochiq chempionatida dunyodagi eng katta Pinnacle Sports bukmekerlar idorasi turnirning aralash razryaddagi birinchi doirasi Lara Arrubarrena/David Marrero (Ispaniya) - Andrea Glavachkova/Lukash Kubot (Chexiya/Polsha) o‘yinini shubha ostiga olgan. Bu uchrashuv odatdagidan ko‘proq stavkalar oqimini jalb qildi. Deyarli barcha stavkalar Glavachkova va Kubotga qo‘yilgan va ular 6:0, 6:3 hisobida g‘alaba qozonishgan. Kompaniya o‘yin boshlanishiga taxminan 13 soat qolganida stavkalar qabul qilishni to‘xtatgan va o‘z gumonlari to‘g‘risida Avstraliya politsiyasiga ma'lum qilgan.