Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQShni yadroviy tahdidda aybladi
KXDR TIV rahbari Li Su Yon AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan xalqaro normalar va BMT Nizomiga zid tajovuzkor siyosat olib borayotganini ta'kidladi. Bu haqida RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"AQSh bizni butun dunyo uchun "tahdid" va inson xavfsizligiga qarshi "fitna" deya adolatsiz ayblab, BMT XKni KXDRga qarshi sanksiya kiritishga chaqirdi. Bu o‘z-o‘zidan xalqaro normalar va BMT Nizomining ayovsiz buzilishi va barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishga ochiq chorlovdir", - dedi u.
Shuningdek, Li Su Yonning aytishicha, hozirda Koreya yarimorolida 300 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirokida "misli ko‘rilmagan yadroviy ta'limot o‘tkazilmoqda", ularga "AQSh yadroviy kuchlari safarbar etilgan".
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, KXDR AQSh tomonining yadroviy tahdidini "dialog va xalqaro normalar yo‘li bilan bartaraf etishga harakat qildi, ammo bu samara bermadi".
"AQShning KXDRni yadroviy tahdid va iqtisodiy qamal bilan bo‘g‘ish harakatlari johillik ifodasidan boshqa narsa emas. AQSh xalqimizning qattiq sanksiyalar va qamallar tufayli mustahkamlanib boruvchi kuchli irodaga asoslangan Chuchxe g‘oyamizni hech qachon tushuna olmaydi", - deya ta'kidladi Shimoliy Koreya rahbari.
Shu bilan birga u AQShni "darhol barcha yadroviy tahdidlar va sanksiyalarni yo‘q qilishga hamda KXDRga nisbatan dushmanlarcha siyosatni to‘xtatishga chaqirdi".
"Kim oxirgi bo‘lib kulishini ko‘rib qo‘yishsin. Biz g‘alaba qozonamiz. KXDR davlat mudofaa qo‘mitasi raisi hurmatli Kim Chen Inning siyosiy yo‘li, shuningdek odamlarimizning yuragini to‘ldirib turuvchi ishonch va jasorat ana shunday", - deb o‘z so‘zini yakunladi vazir.