16:47 / 22.04.2016
2216

Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan soha mutaxassislari malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori A.Abdullayev va boshqalar ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Mamlakatimizda 103 davlat arxivi, mahalliy hokimliklar huzurida 110 idoralararo shaxsiy tarkib arxivlari hamda to‘qqiz mingdan ziyod idoraviy arxivlar faoliyat yuritmoqda.

Arxiv ishi va ish yuritish yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan 28 kasb-hunar kolleji, 4 oliy o‘quv yurti mavjud. Markaziy davlat arxivlari qoshida tashkil etilayotgan “Ijro nazorati va ish yuritish mahorati”, “Idoraviy arxivlar faoliyatini tashkil etish asoslari” o‘quv kurslarida xodimlar malaka oshirmoqda.

Anjumanda arxiv muassasalarini bilimli va malakali kadrlar bilan ta'minlash, soha bo‘yicha lavozimlarini oshirib borish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimi haqida ma'lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Top