Fan-texnika | 18:01 / 22.04.2016
1833
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Audi, Porsche, Mercedes, Volkswagen va Opel 630 ming avtomobilni chaqirib olmoqda
Nemis avtomobilsozlik sanoatining yetakchi namoyandalari Audi, Porsche, Mercedes, Volkswagen va Opel kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqargan 630 ming dona transport vositasini qaytarib oladi.
Gap shundaki, mashinalarning is gazini tozalash mexanizmidagi nuqsonlar bartaraf etilishi lozim. Bu haqda, Die Welt gazetasi hukumatdagi manbasiga tayanib, xabar qilgan.
Hozircha boshqa tafsilotlar ma'lum emas.