Jamiyat | 17:26 / 22.04.2016
1607
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaota aeroportida amerikalik intizomni buzgani uchun hibsga olindi

Olmaota aeroportida AQSh fuqarosi bezorilik qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda transport ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, aeroport politsiyasi navbatchilik qismi bo‘linmasiga 28 yoshli nyu-yorklikka nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaatnoma kelib tushgan. Amerikalik o‘zini odobsizlarcha tutgan va so‘kingan.

Qo‘lga olish chog‘ida ham hukumat vakillariga qarshilik ko‘rsatgani uchun, unga nisbatan tegishli moddalar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.