Sport | 17:38 / 22.04.2016
1629
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, u «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Vilyarreal»ga qarshi (3:0) o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng 22 aprel kuni Moralexa klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, tekshiruvdan keyin Ronalduning o‘ng oyoq son qismidagi mushaklari shikastlangani aniqlangan.

U qachon safga qaytishi aniq qilinmagan.

As nashri ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi jamoasining 23 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Jarohat jiddiy bo‘lmagani uchun portugaliyalik hujumchi «Manchester Siti»ga qarshi YeChL yarim final dastlabki o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq, 31 yoshli futbolchi olingan jarohatiga qaramay o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun u umumiy guruhdan alohida, mashg‘ulot zalida mashg‘ulot o‘tkazgan.

«Manchester Siti» va «Real» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 26 aprel kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Zidan: Ba'zida Ronalduni oldinroq almashtirmaganimdan afsuslanaman