Sport | 09:07 / 22.04.2016
1395
1 daqiqa o‘qiladi

«Stok Siti» stadioniga bukmekerlik idorasi nomi beriladi

APL jamoalaridan biri «Stok Siti»ning uy uchrashuvlari o‘tkaziluvchi «Britannia» stadioni keyingi mavsumdan boshlab bukmekerlik idorasi nomi bilan atala boshlanadi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, keyingi 6 yil davomida o‘yingoh nomi «bet365 Stadium» bo‘ladi.

Shuningdek, «Stok Siti» o‘z asosiy homiysi bo‘lgan bu kompaniya bilan hamkorlikni 3 yilga uzaytirganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish