Jahon | 11:07 / 22.04.2016
1427
3 daqiqa o‘qiladi

Uber taksi xizmati amerikalik haydovchilarga 100 million dollar to‘laydi

Uber onlayn-chaqiruv xizmati operatori Amerikaning Kaliforniya va Massachusets shtatlaridagi 385 nafar haydovchiga 100 million dollar tovon puli to‘lab beradi. Ikki da'vogar guruh a'zolari bilan shu yo‘sinda kelishuvga erishildi. Bu haqda 21 aprel kuni Uber kompaniyasining San-Frantsiskodagi (Kaliforniya shtati) shtab-kvartirasida taqdim etilgan ma'lumotlarga tayanib TASS xabar qildi.

Masalaning mohiyati Uber bilan hamkorlik qiluvchi haydovchilarning maqomini aniqlashtirishga borib taqaladi. Kompaniya ularni o‘zining xodimlari deb hisoblashdan bosh tortib, ularga shartnoma asosida faoliyat yuritishni taklif etdi. Yo‘lovchilarni tashuvchi xususiy haydovchilarning xizmatlarini rad eta olish huquqini saqlab qolish uchun Uber yirik summaning bahridan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Biroq endi firma haydovchilarni bu haqda avvalroq ogohlantirib qo‘yish va asos keltirishga majbur. Haydovchilar esa o‘r o‘rnida o‘z mashinalari salonida choychaqani yodda uttish to‘g‘risidagi yozuv joylashtirish huquqini “ishlab” olishdi.

Murosa kelishuvi okrug sudyasi Edvard Chen tomonidan tasdiqlandi. Iyun oyiga mo‘ljallangan San-Frantsiskodagi sud bekor qilinadi.

Haydovchilar manfaatlarini himoya qilgan yurist Shennon Liz-Riordan vaziyatning ushbu yechimini mijozlarining g‘alabasi deb atadi.

Uber bilan bog‘liq sud ishlari o‘tgan yil Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Ispaniyada boshlangan edi. Kompaniya litsenziyasi bo‘lmagan taksilarga ishga jalb etish va yo‘lovchilarni xavfsiz tashish borasida qator qoidabuzarliklarda ayblangan. Fransiyada esa xizmat ishini keskin cheklovchi qonun ham qabul qilingan.

Uber – yo‘lovchilarni tashish onlayn xizmati, u sayt yoki mobil dastur orqali xususiy taksiga buyurtma qilish imkonini beradi. Kompaniya 2009 yili tashkil etilgan. Uber xizmatlari 100dan ortiq mamlakatlarda taklif etiladi. Kompaniya o‘zi bilan hamkorlik qiluvchi taksichilardan har bir chaqiruvdan 20 foiz miqdorida ustama olib qoladi.