Iqtisodiyot | 18:03 / 22.04.2016
2382
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy sayyohlik agentligi China Eastern Airlines hisobiga 463 mln dollar o‘tkazdi

Xitoyning eng yirik internet-agentligi Ctrip.com International Ltd 3 milliard yuan miqdoridagi (463 million dollar) pulni China Eastern Airlines’ga sarmoya sifatida o‘tkazadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ushbu yo‘l bilan kompaniya yirik Xitoy tashuvchilari bilan uzoq muddatdan buyon davom etayotgan xalqaro reyslarga agentlik komissiya to‘lovini amalga oshirish muammosini hal etadi.

Ma'lum bo‘lishicha, sarmoyalar Ctrip hamda China Eastern Airlines o‘rtasidagi kelishuvlarning bir qismi hisoblanadi.