Jamiyat | 18:17 / 22.04.2016
4996
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Yer kuni sharafiga mingta tuxumdan yasalgan to‘y ko‘ylagi namoyish etildi

Xitoylik dizayner Kun Nin Yer Kuni munosabati bilan mingta tuxumdan “tikilgan” to‘y ko‘ylagini namoyish etdi. Bu haqda Mashable xabar berdi.

Modeler o‘z libosini Pekinda Milliy ijro san'ati markazi atrofida ko‘rsatdi. Ko‘ylakni yaratishga Nin ikki kun sarfladi. Ko‘ylakni tikish yoki kiyish paytida tuxumlar singani to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Ko‘ylak Kun Ninning shu hafta chop etilgan she'riy to‘plamini qo‘llab-quvvatlash niyatida yaratilgan, degan farazlar ham yo‘q emas. Kitobda mingta tuxum haqida she'r bor.

Kun Nin g‘aroyib to‘y libosini avval ham ishlab chiqqan. 2015 yil dekabr oyida u respirator niqoblardan tikilgan ko‘ylakni taqdim etgandi. Shu ko‘ylakni kiyib, dizayner Pekinda havoning ifloslanishiga o‘z qarshiligini ifodalagan.