Jamiyat | 12:39 / 22.04.2016
2553
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Aziza Niyozmetovaning litsenziyasi muddati tugaganligini ma'lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining ma'lum qilishicha, xonanda Aziza Niyozmetovaga berilgan konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish, shu jumladan, to‘y, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish huquqi berilgan litsenziyaning amal qilish muddati 2015 yil 28 avgustda tugaganligini ma'lum qildi.

2016 yil 7 aprel kuni xonanda Aziza Niyozmetova “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga chaqirtirilib, ushbu holat yuzasidan ogohlantirilib, tushuntirish xati olingan. Xonandaga odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, sahna madaniyati va tashqi ko‘rinishi madaniyatiga zid bo‘lgan harakatlar sodir qilmaslik, tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilmaslik, milliy mentalitetga, milliy qadriyatlar va urf odatlarimizni muntazam hurmat qilish, shaxsiy muammolarni o‘zoro kelishgan holda amaldagi qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda hal etish so‘ralgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish