Jamiyat | 21:23 / 23.04.2016
3717
2 daqiqa o‘qiladi

3 yoshli qizning orzusi ro‘yobga chiqdi – u tug‘ilgan kunida chiqindi yig‘uvchi bilan tanishdi

3 yoshli Bruklin Endrek o‘z tug‘ilgan kunini boshqa bir voqea – Chiqindilarni yig‘ish kunini nishonlab o‘tkazdi. Aynan shu kuni u dunyoda hammadan ham ko‘ra ko‘proq kutadigan odam – u yaxshi ko‘radigan chiqindi yig‘uvchi Delvar Dopson keladi. Dopson qiz onasi bilan yashaydigan hududdan chiqindini yig‘ishtirib ketadi.

"Hammasi qizim chiqindi yig‘uvchiga qo‘l silkitgani oyna yoniga yugurib kelishidan boshlangan. Keyin u chiqindi yig‘uvchini qarshilagani uning yoniga yugurib chiqadigan bo‘ldi. Bir gal biz chiqindi olib ketiladigan vaqtni o‘tkazib yuborganimizda, men okrug bo‘ylab chiqindi tashiydigan mashinani qizim qo‘lini silkitishi uchungina qidirib yurishimga to‘g‘ri keldi", deb aytadi qizchaning onasi. Delvar ham qizchaga javoban qo‘lini silkitadi.

Bu oy Bruklinning tug‘ilgan kuni bo‘ldi va u bayram tortini chiqindi yig‘uvchi bilan bo‘lishishni istadi. Aniqlanishicha, chiqindi yig‘uvchi ham qiz bilan do‘stlashmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Delvar qizchaning onasiga qizcha bilan uchrashishni juda istayotganini aytgan.

Chiqindi yig‘uvchining har payshanba ishi ko‘pligiga qaramasdan, u yoqimtoy qizchani onasi bilan ko‘rishga oshiqadi. Delvar qizcha bilan tanishganda, uni "Muzyurak" multfilmini yaxshi ko‘rishini bilib oldi va rafiqasi bilan qizchaga shu multfilmga oid bir savat sovg‘alar tuhfa qildi.

Qizcha bundan juda baxtiyor bo‘ldi. Qizcha Delvarga minnatdorchilik so‘zlari bo‘lgan belgi chizdi, Delvar esa o‘z navbatida mashinasiga "rahmat" degan yozuv bitdi.

Ana shunday antiqa do‘stlik qissasi.