Jamiyat | 18:49 / 23.04.2016
10555
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Shekspir vafot etganiga 400 yil to‘ldi: shoirning eng sara hikmatli so‘zlari

Uilyam Shekspir - mashhur ingliz shoiri va dramaturg. U haqli ravishda eng buyuk ingliz yozuvchisi va dunyoning eng yaxshi dramaturglaridan biri hisoblanadi.

Ijodiy yo‘li davomida buyuk dramaturg 17ta komediya, 11ta tragediya, 5ta poema, 154ta soneta va 10ta xronika yaratgan.

Uning pesalari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Biroq Shekspir o‘limidan 400 yil o‘tsa-da, uning mashhur asarlari borasidagi bahslar xali-hanuz tinmaydi.

Shekspir 18 yoshida o‘zidan 8 yosh katta Enn Xataueyga uylangan va bu ittifoq natijasida uch farzand - Syuzan hamda egizaklar Xemnet va Judit dunyoga kelgan.

Shekspir Londonga ko‘chib o‘tganidan so‘ng ijod qilishni boshlaydi va tez orada omadli aktyor, dramaturgga aylanadi va "Lord-kamerger xizmatchilari" nomli teatrga asos soladi.

Shoir 49 yoshga to‘lganda vatani Stratfordga qaytadi va o‘sha yerda 1616 yilda vafot etadi.

Shekspir vafotining 400 yilligi munosabati bilan uning eng sara hikmatli so‘zlarini e'tiboringizga havola etamiz.

1. Chiroyga oshiq bo‘lish mumkin, ammo faqat qalb seviladi.

2. Boshqalardan ayb qidirguncha, o‘zingizga qiyo boqing.

3. Biror sababdan jiddiy xafa bo‘lsak, arzimagan narsalardan asabiylashamiz.

4. Yovuzlik yaxshilikka olib kelmaydi.

5. O‘ylamay qilingan har bir ishning o‘z mantig‘i bo‘ladi.

6. Bo‘ronda ichilgan qasamlar sokin havoda unutiladi.

7. Ko‘ngilga yo‘l qidirayotgan erkaklar aprelga, uylanganlar esa dekabrga o‘xshashadi.

8. Men qachonlardir his qilgan tuyg‘ularimni kechirdim, sen ham kechir - qaytar dunyo.