Jahon | 15:58 / 23.04.2016
1988
1 daqiqa o‘qiladi
Damashq yaqinida amalga oshirilgan havo zarbalari tufayli 13 kishi halok bo‘ldi
Suriyadagi Syrian Observatory for Human Rights huquqiy himoya tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, 23 aprel kuni Suriya hukumati armiyasi samolyotlari mamlakat poytaxti Damashq shahridan sharqdagi hududlarga havo zarbalari yo‘lladi.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bombardimonlardan keyin Dume shahrida 13 kishi halok bo‘lgan va kamida 22 kishi jarohatlangan. Ularning ba'zilarining ahvoli og‘ir.
Bundan oldinroq, 22 aprel kuni Suriyada berilgan havo zarbalari tufayli 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.