Jahon | 17:13 / 23.04.2016
1453
1 daqiqa o‘qiladi

Domodedovodagi aeroport omborxonasidan "Boing-737" laynerining dvigateli o‘g‘irlab ketildi

Domodedovo aeroporti hududidan noma'lum shaxslar u yerda saqlanayotgan "Boing-737" laynerining aviatsion dvigatelini o‘g‘irlab ketishdi.

«Transfin-M» lizing kompaniyasi prokuraturaga Domodedovo aeroportidan "Boing-737" laynerining dvigateli o‘g‘irlab ketilgani to‘g‘risidagi xat bilan murojaat qilgan. Noma'lum shaxslar u yerdan 75 million rubl qiymatga va ikki tonnadan ortiq og‘irlikka ega qurilmani olib chiqib ketishgan.

Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Domodedovoda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda, dvigatelning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq holat va dalillar o‘rganilmoqda.

"Boing-737" samolyotlarida CFM56 turkumiga kiruvchi turboventilyatorli aviadvigatellar ishlatiladi. Ular CFM International konsorsiumi tomonidan ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, bu tipdagi dvigatellar Airbus A320 va A340 avialaynerlari, shuningdek AQShning VVS samolyotlarining ba'zilari, xususan KC-135R yonilg‘i quyuvchi samolyotlarga ham o‘rnatiladi.