Sport | 15:45 / 23.04.2016
2008
1 daqiqa o‘qiladi

Erik Tohir «Inter»ni sotib, «Fulhem»ni sotib olishi mumkin

«Inter» jamoasi xo‘jayini Erik Tohir yaqin bir necha yil ichida jamoani sotib yuborishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, shu yilning yozida klub aksiyalarining 20 foizini Xitoyning «Tszyansu Sunin» jamoasiga ham egalik qiluvchi Suning Commerce Group konglomerati sotib oladi.

Keyingi 2-3 yilda xitoylik investorlar «Inter»ni indoneziyalik biznesmendan to‘la sotib olishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, Tohir «Inter» jamoasining Chempionlar ligasiga qayta olmaganidan hamda jamoa o‘z stadioniga ega emasligidan ranjigan. Bundan tashqari, u Italiyadagi hayotdan zerikkan.

Qayd etilishicha, oxirgi moliya yilida «Inter» 140 million yevro miqdorida zarar ko‘rgan.

Tohir Angliya chempionshipida ishtirok etayotgan «Fulhem» jamoasini sotib olishga qiziqish bildirgani aytilgan.