Jahon | 20:13 / 23.04.2016
1716
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya shimolida maishiy gaz portlashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi

Fransiyaning shimolidagi Erve departamentidagi turar-joy binolaridan birida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘lgan va jarohat olgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, portlash turar-joy binosida maishiy gaz sizib chiqishi oqibatida yuz bergan. Hozirda jabrlanganlarning soni aniqlashtirilmoqda. Ba'zi OAV 3 kishi yaralanganini ma'lum qilgan.

Portlash yuz bergan uydagi bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qutqaruvchilar uy vayronalarini tozalashmoqda va ularning ostidan omon qolganlarni topishga umid qilishmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ayni vaqtda falokat haqida boshqa ma'lumotlar berilmagan.