22:06 / 23.04.2016
2898

Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxanson Huawei’ning yangi smartfoni reklama roligida suratga tushdi

Huawei kompaniyasi YouTube videoportalidagi sahifasida o‘zining flagman smartfoni P9 ning yangi reklama roligini joylashtirdi. Britaniyalik rejissyor Beylli Uolsh tomonidan olingan reklama syujyeti bo‘yicha Skarlett Yoxansson va Warner Bros. kinokompaniyasining yaqinda ekranlarga chiqqan " Betmen Supermenga qarshi" filmida Supermen rolini ijro etgan Genri Kavill smartfon yordamida olingan suratlar bilan o‘zaro almashishadi.

Bunda Yoxansson kinostudiya dekoratsiyalari fonida, Kavill esa Xitoy shaharlarida suratga tushadi.

Huawei 6 aprelda P9 liniyasidagi ikkita smartfonini taqdim qilgandi. 5,2 dyuymli displeyli asosiy modeldan tashqari, uning 5,5 dyuymli ekranga ega kattalashtirilgan varianti P9 Plus namoyish qilingan. Smartfonlarning optikasi va dasturiy ta'minoti Germaniyaning Leica kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan.

Top