Sport | 08:18 / 23.04.2016
1786
1 daqiqa o‘qiladi
Hongkongda 27 yoshli Chan Yun-tin futbol tarixida erkaklar jamoasini chempion qilgan ilk ayol murabbiyga aylandi
22 aprel kuni «Istern» jamoasi «Saut Chayna»ni yengib (2:1), Honkong chempioniga aylandi.
Jamoaning 2015 yilning dekabrida 27 yoshli ayol murabbiy Chan Yun-tin qabul qilib olgandi. U mamlakat tarixida futbol jamoasini boshqargan birinchi ayoldir.
Endi u erkaklar jamoasini chempion qilgan ilk ayol murabbiyga aylandi.
Qayd etish kerakki, «Istern» jamoasi tashkil topganidan buyon (1996 yil) ilk marta chempionlikka erishdi.