Jahon | 10:40 / 23.04.2016
1670
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika neft-kimyo majmuasida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 28 nafarga yetdi

Meksikalik qutqaruvchilar Pajaritos neft kimyo majmuasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada hayotdan ko‘z yumgan yana to‘rt kishining jasadini topib olishdi. Bu haqda Pemex davlat neft kompaniyasi Twitterdagi mikroblogida

ma'lum qildi. Bundan avval, voqeada 24 kishi halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan edi.

Bundan tashqari, 18 nafar kishi shifoxonada davolanmoqda. Ularning aksariyati og‘ir ahvolda.

Fojyea Meksika sharqidagi Verakrus shtatida ro‘y berdi. PMV korxonasidagi portlash va undan so‘ng yuz bergan yong‘in oqibatida 136 kishi jabrlangan. Ushbu korxonani Pemex bilan hamkorlik qiluvchi Mexichem kompaniyasi boshqargan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gaz tarqalishi portlashga sabab bo‘lgan. Meksika hukumati va Pemex bosh direktori Xose Antonio Gonsales Anayya mazkur voqea yuzasidan jiddiy surishtiruv ishlarini olib borishga va'da berdi.