O‘zbekiston fuqarosi xorijga chiqishi taqiqlangan yoki yo‘qligini qanday aniqlashi mumkin?
Ayrim o‘zbekistonliklar, ma'lum bir sabablarga ko‘ra o‘rnatilgan taqiq tufayli xorijga safar qila olishmaydi. Shu boisdan ham chet elga ketishdan avval, yana bir bor tekshirib ko‘rish ortiqchalik qilmaydi.
Qo‘yidagi holatlarda, sizning xorijga chiqishingizga taqiq joriy etilgan bo‘lishi mumkin:
- qarzdorlik bo‘yicha sud qarori kuchga kirgan holatda;
- ijro varaqasi sud ijrochilari bo‘limida bo‘lsa, bunda sud ijrochilari qarzdordan qarzni undirish bo‘yicha ijro ishi ochgan taqdirda
- umumiy qarzdorlik miqdori eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lsa (Sud yoki boshqa davlat organlari qarorlarini ijro etish hamda Sud departamenti, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati xodimlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishini taqiqlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, (Adliya vazirligi, IIV va MXXning qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligida 1997-raqam bilan 25.08.2009 yilda ro‘yxatga olingan).
Mabodo siz qarzlaringizni barchasini to‘lab, yaqin orada xorijga safar qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sud ijrochilaridan taqiq olib tashlanganiga aniqlik kiritib olganingiz ma'qul, deb maslahat beradi uznews.uz internet nashri, norma.uz saytida e'lon qilingan axborotga tayangan holda.
Ko‘pchilik, davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yoki soliq inspeksiyasi shu kabi taqiqlarni joriy eta oladi, deb noto‘g‘ri o‘ylaydi. Aslida, unday emas. Bunday taqiq faqat sud qaroriga ko‘ra amalga kiritiladi.
Agar siz uydan chiqmasdan taqiq bor yo‘qligini aniqlashni istasangiz, quyidagi havola orqali sud ijrochilari saytiga kirishiniz mumkin. U yerda sizning ismi-sharifingiz qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilmaganiga ishonch hosil qilsangiz bo‘ladi.
Batafsil ma'lumot kerak deb o‘ylasangiz, yashash joyingizdagi sud ijrochilari departamenti bo‘limiga borishingiz mumkin. Ammo, siz 2014 yil 3 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, yozma murojaat qilganingiz ma'qul. Sizning so‘rovingizga 15 kundan 1 oygacha muddat ichida javob berishlari kerak.
RFga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari, ushbu mamlakatga kirish taqiqlanmaganini quyidagi havola orqali aniqlab olishlari mumkin.