Sport | 15:59 / 23.04.2016
2018
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston vakillari WSB chorak finalining ilk bahsida rossiyalik bokschilar terma jamoasini mag‘lub etdi

22 aprel kuni Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi «Volga-Sport-Arena» muz saroyida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VI mavsum chorak finalida dastlabki bahsida O‘zbekistonning Uzbek Tigers bokschilari Rossiyaning Russian Boxing Team jamoasiga qarshi jang o‘tkazdi. Chorak finalining birinchi kunida O‘zbekiston vakillari rossiyalik raqiblaridan 3:2 hisobida ustun kelishdi.

Uchrashuvning ilk jangida (49 kggacha vazn toifasi) Hasanboy Do‘smatov Bator Sagaluyevdan kuchliroq ekanini isbotladi. — 50:45, 50:44, 50:45. 56 kggacha toifada ringga chiqqan bokschi Murodjon Ahmadaliyev raqibi Abdulhakim Batirovnni — 49:46, 49:46, 49:46 hisobida mag‘lub etdi. Anvar Turapov (64kg) Avak Uzlyan ustidan — 50:45, 49:46, 50:45 ko‘rinishida g‘alaba qozondi.

Kunning qolgan ikki jangida Rossiya vakillari ham raqiblarini dog‘da qoldirishning uddasidan chiqishdi. Aleksandr Agafonov 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyevdan kuchli ekanini isbotladi. — 50:45, 50:45, 50:45. Ilya Kvasnikov (91kggacha vazn toifasi) Rustam To‘laganovni — 47:47, 47:47, 48:46 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi guruh bosqichida D guruhida ikkinchi o‘rinni olgan edi.

Butunjahon boks seriyasida boks jamoalari uchta Osiyo, Yevropa va Amerika mintaqalari bo‘yicha o‘zaro global musobaqalashadi. Har bir jamoaga 5 nafardan bokschi kiradi va ular bosh niqobi va maykalarsiz ringga chiqishadi.

Bugun, 23 aprel kuni jamoalar o‘rtasidagi chorak finaldan o‘rin olgan ikkinchi bahslar bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bokschilar jang o‘tkazadi.

Janglar Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.