Havoda samolyotlarning quşlar bilan töqnaşib ketiş xolatlari oz bölsa-da uçrab turadi. Internetda bu kabi xodisalarni tomoşa qiliş mumkin. Quşlar samolyotlarga qarşi. Öylab qaralsa bu katta muammo emasdek. “Mingta ot kuçiga ega “temir quş”ga bitta çumçuq qarşi bora olarmidi?”, degan savol barçani kulgisini keltirişi aniq. Xulosa çiqarişda aslo şoşiliş kerak emas. Aerodromda turgan samolyot uçun çumçuq ham, burgut ham xavfli emas. Ammo havoga kötarilgan yoki yerga qönayotgan samolyotlar uçun bitta çumçuq katta tahdid bölişi mumkin. Bu kabi töqnaşuv “temir quş” uçun ham, oddiy quş uçun ham fojyea bilan tugaşi mumkin. Samolyot 8–9 kilometr balandlikka çiqib olgaç uçuvçilar özlarini xotirjam xis qilişlari mumkin. Çunki bu kabi balandlikda quşlar parvoz qila olmaydi.
Aviatsiyada quşlar bilan töqnaşuv (bird strike) degan ibora bor. Bu ibora havoda yoki xarakat vaqtida uçuvçi apparatlarning (samolyot yoki vertolyot) quşlar bilan töqnaşuvini anglatadi. Bu kabi xolat xavo kemalarining parvoziga salbiy ta'sir körsatadi. Töğri, zamonaviy turbovintli dvigatellar şunday yaratilganki, ular tez aylangani bois taşqi obektlarga zudlik bilan javob qaytara oladi. Biroq quşlar dvigatelga kirib qolsa, ventilyatorga ta'sir körsatişi va buning oqibatida dvigatelning işdan çiqişiga sabab bölişi mumkin.
Sönggi vaqtlarda havo kemalarini quşlar bilan töqnaşib ketişi bilan boğliq muamolar 50 yildan beri örganib kelinadi. Köplab mamlakatlarda quşlar keltirib çiqaradigan muammolar talofatini kamaytiriş maqsadida bir qator işlar amalga oşirilib kelinadi. Xalqaro miqyosda esa Fuqoro aviatsiyasi Xalqaro taşkiloti (ICAO) hujjatlarda bu muammo aks etgan. Parvozlar xavfsizligini ta'minlaşda quşlar bilan samolyotlarning töqnaşuvini bartaraf etiş çora-tadbirlari ham közda tutilgan. Deyarli barça mamlakatlarda parvozlar xavfsizligini ornitologik ta'minlaş joriy qilingan.
Mutaxassislar bu kabi vaziyatlarni har tomonlama - biologik va aviatsiya-texnologik jixatdan tahlil qilib çiqdilar. Ma'lum bölişiça quşlarning samolyotlar bilan töqnaşuvi aprel–may oylarida, şuningdek iyul va sentabrda köproq qayd qilinar ekan. Noyabr va dekabr oylarida kamproq kuzatilar ekan.
Fuqoro aviatsiyasi Xalqaro taşkiloti (ICAO) rasmiy ma'lumotlariga köra, 2001 yildan 2007 yilga qadar jahonda quşlarning samolyotlarga kelib urilişi bilan boğliq 42 ming 508 ta hodisa qayd qilingan. Quşlar bilan töqnaşuv asosan kunzuz kunlari röy berişi aytiladi. Bu xodisalarning 84 foizi 100 metrlik balandlikda, asosan, aerodromlar atrofida kuzatiladi. Şuningdek, quşlarning bir joydan ikkinçi joyga köçişi davrida ham samolyotlar bilan töqnaşib ketiş xolatlari uçrab turadi. Mutaxassislar yana bir holat, parvozga endi örganayotgan polaponlarning samolyotlarga borib urilişi köproq kuzatiladi. Fuqoro aviatsiyasi Xalqaro taşkiloti (ICAO) bir yilda örtaça 5 mingta şu kabi xodisalarni qayd qiladi. Xalqaro taxlilçilarning fikriça, quşlar bilan töqnaşuv natijasida jahon aviakompaniyalari bir yilda örtaça 1 milliard 200 million dollar miqdorida zarar köradi.






