Jahon | 10:57 / 23.04.2016
1780
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy janubi-g‘arbida yuz bergan tosh ko‘chkisi oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyning Sichuan provinsiyasida yuz bergan baxtsiz hodisa 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Xitoy markaziy telekanalining xabar qilishicha, tosh ko‘chishi oqibatida 10 kishi jabrlangan.
Fojyea Yaan shahar okrugi Tyantsyuan uyezdidagi shosseda sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, 4 ta mashina toshlar ostida qolib ketgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Avtomobil yo‘lida harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar yo‘lni toshlardan tozalamoqda.