Javohir Zokirov kelajakda o‘zini teatrda sinab ko‘rmoqchiligini bildirdi
Javohir Zokirov “Sabo” gazetasida bergan intervyusida “agar rol ma'qul bo‘lsa, gonararning qancha berilishining ahamiyati yo‘qligi”ni ma'um qildi.
— Men rol o‘ynashdan oldin, qahramonimni qanchalik o‘zlashtiraman, qo‘limdan keladimi, uddalay olamanmi, degan fikr, hayajon bo‘ladi. Tasavvur qiling, qo‘limda tarixda qoladigan san'at asari darajasidagi ssenariy turibdi, men qaysi yuz bilan bu filmda o‘ynash uchun falon so‘m berasan, deb turib olaman, deydi Javohir Zokirov.
Bu haraktlaringiz sababli hayotingizda moddiy yetishmovchiliklar kelib chiqmaydimi, degan savolga aktyor “Albatta kelib chiqadi, lekin buni oshkor qilish shart emas”, degan qisqa javob bilan kifoyalangan.
Suhbat davomida javohir Zokirov kelajakda o‘zini teatrda ham sinab ko‘rmoqchiligi, bu haqda jiddiy o‘ylay boshlayotgani, ammo qaysi teatr va spektaklda rol o‘ynamoqchiligi haqida aytolmasligini ma'lum qilgan.