Sport | 00:36 / 24.04.2016
1890
1 daqiqa o‘qiladi
"Manchester Yunayted" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi
"Manchester Yunayted" Angliya kubogining yarimfinalida " Everton"ni 2:1 hisobida yengdi.
G‘oliblar safida gollarni Maruan Fellayni (34-daq.) va Antoni Marsyal (90-daq.) kiritdilar. "MYu"ning yana bir o‘yinchisi "o‘zini ko‘rsatdi": Kris Smolling 75-daqiqada o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi.
Shuningdek, 57-daqiqada "Everton" hujumchisi Romelu Lukaku penaltini amalga oshira olmadi.
Shu tariqa "MYu" 2007 yildan beri ilk marta Angliya kubogi finaliga chiqdi hamda unda 24 aprelda bo‘lib o‘tadigan "Kristal Pelas" - "Uotford" uchrashuvining g‘olibi bilan bellashadi.
Final 21 mayda yarimfinallar o‘tayotgan Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi.