"PSJ" kamchilikda "Lill"ga to‘p urib, 6-marta Frantsuz ligasi kubogi g‘olibi bo‘ldi
23 aprelda Parijdagi "Stad de Frans" stadionida Frantsuz ligasi kubogi finalida "PSJ" va "Lill" klublari uchrashdi.
Uchrashuvda hisobni "PSJ" yarimhimoyachisi Xaver Pastore 40-daqiqada ochdi. 49-daqiqada "Lill" himoyachisi Jibril Sidibe hisobni tenglashtirdi.
70-daqiqada "PSJ" yarimhimoyachisi Adrian Rabio 2-sariq kartochkasi uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirildi.
Parijliklar kamchilik bo‘lib harakatlanishlariga qaramay, 74-daqiqada Anxel Di Mariyaning goli evaziga g‘olib bo‘lishdi.
"PSJ" ushbu nufuzli musobaqani umumiy hisobda 6 marta va ketma-ket 3 marta qo‘lga kiritdi. Bu natija musobaqa tarixida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bundan tashqari, Parij klubi 6 marta Fransiya chempioni bo‘lgan va 9 marta milliy Kubokni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Loran Blan shogirdlari mart oyidayoq o‘zlariga joriy mavsumdagi mamlakat chempioni unvonini muddatdan avval taxt qilib qo‘ydilar.
Frantsuz ligasi kubogi. Final
PSJ (Parij) – Lill (Lill) – 2:1
Gollar: Pastore, 40 (1:0); Sidibe, 49 (1:1); Di Mariya, 74 (2:1).
Chetlatish: Rabio, 70 (PSJ)