So‘nggi to‘rt yil ichida ilk bor yapon elektron kompaniyalariga buyurtma qilish hajmi tushib ketdi
Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan iPhone smartfonlari savdosining tushib ketishi oqibatida so‘nggi to‘rt yil ichida ilk bor Yaponiyaning elektron mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalariga buyurtma qilish hajmi pasayib ketdi. Nikkei gazetasining ma'lum qilishicha, joriy yilning birinchi kvartali o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foiz kam ko‘rsatkich qayd etgan.
Bu pasayishlar, birinchi gavbatda, Kyocera, Murata Manufacturing, Nidec va TDK kompaniyalariga taalluqli. Yanvar oyidan mart oyigacha bo‘lgan davrda ushbu kompaniyalarga yarim o‘tkazgich, sensor displey va boshqa komponentlar uchun 1,24 trln. iyen (11,33 mlrd dollar atrofida) buyurtma kelib tushgan. 2015 yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 5,4 trln. iyen (49,36 mlrd dollar)ni tashkil etgan edi.
TrendForce tahlil kompaniyasining ma'lumotiga ko‘ra, iPhone smartfonlarining xalqaro sotuvi 2015 yilning to‘rtinchi kvartaliga qiyoslanadigan bo‘lsa, 2016 yilning birinchi kvartalida 43,8 foizga tushib ketgan.